Jamiyat
Senatning 17-yalpi majlisida “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi.
Qonun bilan 6 ta kodeks va 13 ta qonunga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bolalar huquqini ta’minlashga qaratilgan yangi normalar kiritilmoqda.
Jumladan, ta’lim tashkilotida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga yuklatilgan shaxs tomonidan tarbiya va ta’lim berish jarayonida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik sodir etish, shuningdek, uni kamsitish yoki xo‘rlash kabi harakatlarda ifodalangan tarzda tahqirlash uchun alohida ma’muriy javobgarlik nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zo‘ravonlikka oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan bir yil muddat davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emasligi nazarda tutilmoqda.
Qonun bilan davlat yoki nodavlat muassasasining to‘liq ta’minotida bo‘lgan bola uchun ota yoki onani aliment to‘lashdan ozod qilishga yo‘l qo‘yilmasligi ham belgilanmoqda. Shu bilan birga, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oilaga tarbiyaga faqat ularning qarindoshlariga berilishi qoidasi joriy etilmoqda.
Senatorlarning fikricha, ushbu qonun bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ta’lim muassasalarida ularning qadr-qimmati va daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha huquqiy kafolatlarni mustahkamlashga zamin yaratadi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
112969
Jamiyat
95667
Jamiyat
92623
Jamiyat
76875
Jamiyat
//
Izoh yo‘q