“Jangovar ruh: Turon harbiy tafakkuri genezisi va evolyutsiyasi” kitobi nashr etildi

Saqlash
12:25 / 09.07.2026 444 0

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan o‘zbek davlatchiligi va harbiy tarixi haqidagiJangovar ruh: Turon harbiy tafakkuri genezisi va evolyutsiyasikitobi nashr etildi va keng kitobxonlar ommasiga havola qilindi.

Qadimgi Turon tarixi deganda ko‘pincha faqat jasur sarkardalar, yirik janglar va sarhadsiz davlatlar ko‘z oldimizga keladi. Biroq har bir g‘alaba ortida qaror qabul qilish madaniyati, strategik fikrlash, davlatni boshqarish tajribasi va yuksak intizom mujassamdir.

Ushbu kitob aynan ana shu ko‘rinmas, ammo sivilizatsiya taqdirini belgilagan qatlam — millatning harbiy va strategik tafakkurini tadqiq etadi.

Mualliflar tarixga shunchaki alohida voqealar yig‘indisi emas, balki ming yillar davomida shakllangan tafakkur tarixi sifatida qaraydi. Nashr harbiy tarix doirasidan chiqib, Turon sivilizatsiyasining fikrlash tarzi, milliy qadriyatlari va davlatchilik an’analarini anglashga xizmat qiladi.

 



Ta’kidlash kerakki, ushbu kitob bugungi globallashuv sharoitida yoshlarning o‘z tarixiy ildizlarini chuqur bilishi va milliy tafakkurini mustahkamlashi uchun muhim dasturulamal bo‘la oladi.

Bundan tashqari, asar O‘zbekiston noshirlik tizimidagi ilk gibrid kitoblardan biri hisoblanadi. Bosma nashr imkoniyatlari raqamli texnologiyalar bilan integratsiya qilingan. Kitobxonlar matndagi QR-kodlar orqali mavzuga oid hujjatli filmlar, interfaol xaritalar, qo‘shimcha tarixiy manbalar va multimedia materiallari bilan tanishishlari mumkin. Bu esa tarixni nafaqat o‘qish, balki ko‘rish va his qilish imkonini beradi.

Yangi nashr tarixchilarga, tadqiqotchilarga, yoshlarga va milliy tafakkur ildizlariga qiziquvchi barcha keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//