Jamiyat
Endi ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari egalarining har yili BHMning 30 barobari miqdorida ekologik kompensatsiya to‘lashi bekor qilinmoqda. Bu haqda 8-iyul kuni Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hukumat ma’murchilik va majburlash o‘rniga, aholini iqtisodiy rag‘batlantiruvchi bozor mexanizmlariga e’tibor qaratmoqda. Shu sababli ko‘plab bahslarga sabab bo‘lgan majburiy chora keng jamoatchilik muhokamalari va kelib tushgan e’tirozlar asosida loyihadan butunlay chiqarib tashlanmoqda.
Qayd etilishicha, Respublikadagi qariyb 5 millionga yaqin avtotransport vositalarining 100 mingtasi nosoz holatda bo‘lib, ular shaharlardagi jami zararli tashlamalarning 63 foiziga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, bitta eski avtomobil utilizatsiya qilinganda uning vazniga qarab tonnalab metall va plastikdan tashqari 50 kilogrammgacha xavfli qattiq chiqindilar ham ajralib chiqadi. Shu sababli ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda avtomobil parkini yangilab borish maqsadida maxsus me’yoriy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan edi.
Endi esa ochiq va shaffof tenderlar asosida bir-biridan mustaqil bo‘lgan avtomobillarni baholash hamda qayta ishlash korxonalari tarmog‘i yaratiladi. Eski avtotransport vositalari bozor qiymatida adolatli baholanadi, hatto harakati cheklangan nosoz mashinalarni ham mutaxassislar joyiga chiqqan holda ko‘rikdan o‘tkazadi. Avtomobil egalariga baholangan qiymat miqdorida naqd pul to‘lanadi yoki maxsus vaucherlar taqdim etiladi.
Shuningdek, fuqarolar ushbu vaucherlardan rasmiy dilerlardan yangi avtomobil sotib olishda boshlang‘ich to‘lov sifatida foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bunda yangi mashina narxidan vaucher qiymati chegirib tashlanib, qolgan summani 2 yildan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga mutlaqo foizsiz, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Agarda fuqaro berilgan vaucherdan foydalanmaslikka qaror qilsa, uning qiymatini bir oy ichida naqd pul shaklida qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
112969
Jamiyat
95666
Jamiyat
92623
Jamiyat
76875
Jamiyat
//
Izoh yo‘q