Madaniyat
“Soʻz” loyihasi jamoasi Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonning “Yaldo kechasi” kitobi asosida yaratilgan sahna koʻrinishi bilan Zomin yosh ijodkorlari seminarida ishtirok etishdi.
Ushbu adabiyot, san’at, she’riyat va teatr uygʻunligidagi taqdimot dastlab Toshkentdagi Renessans kino uyida premyera qilingan boʻlsa, soʻngra Chirchiq shahrida ham keng jamoatchilikka taqdim etilgan edi. Bu galgi namoyish nafaqat “Soʻz” loyihasining katta qadami, balki Zomin seminari tarixida ham yaxshigina burilish yasadi, desak yanglishmaymiz. Chunki, endi oʻsib kelyotgan yosh ijodkorlarda ijodkor opa-akalarining buyuk Turon va Turkiston gʻoyalari bilan sugʻorilgan she’rlari hamda “Yaldo kechasi” asarining aktyorlar ijrosidagi monologlari bilan yaxlit holga keltirilgan taqdimotdan millatni sevish va uning tarixiga nazar solishga oʻzgacha ishtiyoq paydo boʻlgani, shubhasiz.
.png)
Taqdimot yakunida asar muallifi Xayriddin Sulton sahnaga taklif etildi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi loyiha jamoasining ishini yuqori baholab, bugungi ijodkor masʼuliyati, ayniqsa, turkiy birlik gʻoyasi haqida gʻoyatda kuyunchaklik bilan soʻzladi.
.png)
“Men yangi asar yozmadim, tayyor materiallarni yigʻib, yaxlitladim, xolos, aslida jadidlarimiz biz oʻylagandan koʻra ancha koʻproq edi”, deydi u. — Tasavvur qiling, Chorsuda bir devona odamlardan sadaqa soʻrayapti, oʻzi uchun emas, Germaniyada ta’lim olayotgan 70 talaba uchun pul yigʻishga harakat qilyapti. Butun millatni bitta gʻoya yoʻlida shunday birlashishi, afsuski, har doim ham boʻlavermaydi, agar jadid bobolarimiz ilgari surgan gʻoyalar oʻshanda roʻyobga chiqqanda edi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bugungi kunda ilgari surayotgan 3-renessans bundan bir asr ilgari yuz bergan boʻlardi.
.png)
“Darhaqiqat, bugungi tahlikali zamonda millatning ildiziga koʻzgu tutadigan, birlik, milliy oʻzlik va faxr tuygʻularini yoshlarga baxsh etadigan bunday loyihalar va asarlar koʻpayishi vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshmay qolmaydi”, dedi sevimli yozuvchimiz.
.png)
Tez kunlarda loyihaning navbatdagi mavsumi boshlanib, yangi she’riy kontentlar hamda she’riy konsertlarni tomoshabinlarga taqdim etiladi.
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
112820
Jamiyat
95494
Jamiyat
92328
Jamiyat
76637
Jamiyat
//
Izoh yo‘q