Jamiyat
1-avgustdan Oʻzbekistonda jarima maydonchasidan transport vositasini olib chiqish tartibi toʻliq raqamlashtiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, avtomobillar faqat QR-kodli elektron ruxsatnoma asosida chiqariladi. Ruxsatnoma maʼmuriy ishni koʻrib chiquvchi vakolatli organ yoki ijro organi tomonidan “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Mazkur tizim Soliq qoʻmitasining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, jarima maydonchalarida davlat raqam belgilarini avtomatik aniqlaydigan kameralar oʻrnatiladi, transport vositalarining kirish-chiqishi va toʻlovlar elektron tarzda nazorat qilinadi.
Qaror bilan jarima maydonchasi operatorlari uchun ham yangi talablar belgilandi. Ushlangan transport vositasini belgilangan tartibga rioya etmasdan chiqarish yoki hisob-kitoblarni axborot tizimi orqali yuritmaslik holatlarida bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida “neustoyka” qoʻllanadi.
Qoidabuzarlik bir yil ichida takrorlansa, operator bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinishi mumkin.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
112969
Jamiyat
95667
Jamiyat
92623
Jamiyat
76875
Jamiyat
//
Izoh yo‘q