Jamiyat
“Avtomobil transportida yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–251-son, 07.07.2026-y.) qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Unga koʻra, Qaror bilan yuk tashish uchun moʻljallangan, ishlab chiqarilganiga 5-yildan oshmagan quyidagi transport vositalarini (samosvallardan tashqari) 2027-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekistonga import qilishda ularga bojxona boji va utilizatsiya yigʻimining 0 stavkalari qoʻllanilishi belgilandi:
- “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransport vositalari (TIF TN kodlari 8701 21, 8701 22, 8701 23, 8701 24);
- toʻla vazni 15 tonnadan ortiq yoki yukxonasining ichki hajmi kamida 76 metr kub boʻlgan yarim tirkamalar (TIF TN kodi 8716 39).
Avtotransport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran 3 yil mobaynida eksportga realizatsiya qilinganda va/yoki qayta jihozlash TIF TN kodi oʻzgarishiga olib kelganda, yuqorida nazarda tutilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda tegishli toʻlovlar belgilangan tartibda undiriladi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
112969
Jamiyat
95666
Jamiyat
92623
Jamiyat
76875
Jamiyat
//
Izoh yo‘q