Jamiyat
Farg‘ona viloyatiga xos “Qo‘qon holvasi” Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, Qo‘qon shahri qadimdan hunarmandchilik va milliy qandolatchilik rivojlangan maskanlardan biri hisoblanadi. Aynan shu hududda shakllangan Qo‘qon holvasi o‘zining an’anaviy tayyorlash usuli, ta’mi va sifati bilan nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham e’tirof etilgan.
Mahsulotning geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning nomi va an’anaviy tayyorlash texnologiyasining huquqiy himoyasini ta’minlaydi, shuningdek, mahsulotning o‘ziga xosligi va sifatini saqlashga xizmat qiladi.
Mazkur ro‘yxatga olish Farg‘ona viloyatining gastronomik merosini asrash, hududning milliy brendini rivojlantirish hamda uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum bir hududga mansubligini hamda uning sifati, shuhrati va o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hududning tabiiy-iqlimiy va ijtimoiy-madaniy omillari bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.
Avvalroq G‘ijduvon kulolchilik buyumlari, “Toshkent to‘y oshi”, Buxoro viloyatiga xos “Sofi Oshi”, Zomin qozon patir, “Samarqand qog‘ozi”, “Samarqand no‘xat sho‘ragi”, “Andijon do‘ppisi” va “So‘qoq somsasi” kabilar ham geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
112996
Jamiyat
95695
Jamiyat
92656
Jamiyat
76901
Jamiyat
//
Izoh yo‘q