Abituriyentlarga test sinovlari uchun ruxsatnomalar berish boshlandi

Saqlash
12:31 / 08.07.2026 493 0

2026-yilgi test sinovlari uchun ruxsatnomalar berish boshlangani maʼlum qilindi.

 

Test sinovlarida ishtirok etish ruxsatnomasini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetning “Fanlar majmuasi” boʻlimidan yuklab olish mumkin. ​Shuningdek, tizimga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasiga pasport seriyasi, raqami va JSHSHIRni kiritib ham yuklab olish imkoni mavjud.

 

Imtihonga faqat pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kechikmay kelish majburiyati qayd etilgan. Pasport nusxasi bilan kelgan yoki kechikkanlar testga kiritilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//