Oʻzbekiston ilk bor Xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qiladi

Saqlash
11:41 / 08.07.2026 475 0

Oʻzbekiston ilk bor xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qiladi.

 

58-xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO) 2026 10–19-iyul kunlari ilk bor Oʻzbekiston poytaxtida oʻtkaziladi. Markaziy Osiyo tarixida birinchi marta oʻtkazilayotgan mazkur nufuzli musobaqada 90 dan ortiq mamlakatdan eng iqtidorli maktab oʻquvchilari ishtirok etadi. Olimpiada ishtirokchilari ham nazariy, ham amaliy sinovlarda bellashadi.

 

Ishtirokchilar anʼanaviy ravishda tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan, sovrindor va gʻoliblar boʻlsa bronza, kumush va oltin medallar bilan taqdirlanadi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq, mazkur olimpiadada medal qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik ishtirokchilar davlat tomonidan bir martalik pul mukofoti bilan ham ragʻbatlantiriladi.

 

Amaldagi BHMga koʻra, oltin medal sohiblari 1 milliard soʻmdan ortiq, kumush medal sohiblari 618 million soʻmdan ortiq, bronza medal sohiblari esa 412 million soʻmdan ortiq miqdorda mukofot olishi mumkin.

 

Maʼlumot uchun, 1968-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan, maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi kimyo boʻyicha eng nufuzli xalqaro olimpiadalardan biri sanaluvchi IChOʻga 2023-yil Qozogʻiston mezbonlik qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//