Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 7-iyul kuni davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish, startaplar ekotizimini rivojlantirish hamda telekommunikatsiya sohasida tadbirkorlik muhitini yaxshilash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Xabar qilinishicha, davlat boshqaruvida ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari turli idoralar kesimida tarqoq holda shakllangani, ularni tahlil qilish va qaror qabul qilish jarayonlarida yagona yondashuv yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois, davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini bosqichma-bosqich joriy etish taklif qilindi. Mazkur tizim orqali hudud iqtisodiyoti, investitsiya, ekologiya, xavfsizlik masalalari, aholini qiynayotgan muammolar, mahallalarning farovonlik darajasi, fazoviy ma’lumotlar, obyektlar va xarita qatlamlari yagona platformada aks ettiriladi.
Platforma sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ma’lumotlarni tahlil qilish, hududlar kesimida muammolarni barvaqt aniqlash, qarorlar ijrosini monitoring qilish, resurslarni to‘g‘ri yo‘naltirish va boshqaruv samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Davlat rahbari joriy yilda ushbu raqamli boshqaruv tizimini poytaxtda, kelgusi yildan esa barcha hududlarda joriy qilish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, milliy navigatsiya tizimini yaratish taklifi bildirildi. Bugungi kunda mamlakatimizda mazkur yo‘nalishda asosan xorijiy platformalardan foydalanilayotgani qayd etildi. Milliy navigatsiya tizimi geoma’lumotlarni yagona standart asosida shakllantirish, transport, logistika, tezkor xizmatlar, shaharsozlik va davlat xizmatlarini sifatli tashkil etishga xizmat qiladi.
Sohada o‘zi ishini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida 2 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 15 foiz stavkada 530 million so‘mgacha kreditlar ajratish taklif qilindi. Olis va chekka hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar uchun imtiyozli tarif rejalari ishlab chiqiladi.
Taqdimot davomida O‘zbekiston BMTning “Elektron hukumat” reytingida 24 pog‘ona yuqorilagani, 2030-yilga qadar mamlakatni ushbu yo‘nalishda kuchli 30 ta davlat qatoriga kiritish maqsad qilingani ham ma’lum qilindi.
Prezident taklifni ma’qullab, davlat idoralari ma’lumotlarini integratsiya qilish, raqamli xizmatlar sifatini oshirish, kiberxavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlar himoyasini ta’minlash, sohada xususiy sektor uchun yanada qulay muhit yaratish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95650
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q