Jamiyat
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirishga hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Shayxontohur tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida mazkur qonun yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda Agentlik mas’ul xodimlari qonundagi muhim o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, qonun bilan 2 ta kodeks va 4 ta qonunga muhim o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritildi.
Oila kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi qonunlarga “bolaning eng ustun manfaatlari” tushunchasi kiritildi.
Mazkur tamoyil BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasiga muvofiq bo‘lib, Gruziya, Turkiya, Rossiya, Ruminiya, Ozarbayjon, Malayziya va Moldova kabi davlatlar qonunchiligida ham o‘z aksini topgan.
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq:
Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga jabrlangan shaxslar manfaatlarini ko‘zlab sudga davlat bojini to‘lamasdan murojaat qilish va ularning manfaatlarini sudda vakolatli vakil orqali himoya qilish huquqi beriladi.
Bu amaliyot Turkiya, Gruziya va Buyuk Britaniya tajribasiga ham mos keladi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs reabilitatsiya markaziga joylashtirilganda:
uning ish joyi (lavozimi) saqlab qolinadi;
bir oydan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirish uchun huquqiy asos yaratiladi.
Natijada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi orqali tegishli nafaqalar tayinlanib, ularning og‘ir hayotiy vaziyatda daromadsiz qolishining oldi olinadi.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlar ham fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Muloqotda ushbu o‘zgartishlar bolalar hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini yanada samarali himoya qilish, ularning adolatga erishish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ijtimoiy himoya tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95650
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q