Jamiyat
“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 7-iyun kungi majlisida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, loyihada lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga, 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topishi, shuningdek, ayrim harflarning qo‘llanilishiga aniqlik kiritilishi nazarda tutilmoqda.
Aynan qanday o‘zgarishlar haqida gap ketayotgani hozircha palata rasmiy axborotida berilmagan. Shuningdek, yalpi majlis faqat Qonunchilik palatasining rasmiy saytida efirga uzatilgan.
Rasmiy xabarda keltirilishicha, qonun loyihasi amaliyotda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Xususan, qonun kuchga kirguniga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarning amal qilishi saqlab qolinadi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha va ko‘rsatkichlari hamda boshqa atributlardan belgilangan muddatgacha o‘zgarishsiz foydalaniladi.
“Bu yondashuv davlat organlari va tashkilotlarida amalda foydalanilayotgan hujjatlar, blankalar, peshlavhalar, ko‘rsatkichlar va boshqa moddiy vositalarni bir vaqtning o‘zida almashtirish zaruratini bartaraf etadi. Natijada davlat budjeti mablag‘larining asossiz sarflanishining oldi olinadi, qo‘shimcha davlat xarajatlari yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi hamda alifbodagi o‘zgarishlarni amalga oshirish davlat organlari va tashkilotlari uchun moliyaviy jihatdan maqbul, bosqichma-bosqich tartibda ta’minlanadi”, deyiladi xabarda
Majlis yakunida qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.
.png)
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95650
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q