Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda 1-iyuldan boshlab shaxsni tasdiqlovchi hujjat, haydovchilik va talabalik guvohnomasi kabi 15 dan ortiq hujjatlarning elektron shakli rasman tan olinishi haqida xabarlar tarqaldi.
Muhokamalarga sabab bo‘layotgan holat shundan iboratki, ushbu xabarda “Endilikda yo‘l-patrul xizmati xodimi mashinangizni to‘xtatsa, unga hujjatlaringizni elektron shaklda ko‘rsatishingiz yetarli bo‘ladi” deyilgan.
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati mazkur xatoni to‘g‘rilash uchun rasmiy izoh berdi.
“Transport vositasini boshqarish davomida haydovchilar yo‘l-patrul xizmati xodimlariga biometrik pasport yoki ID-kartasining asl nusxasini taqdim etishlari shart, hattoki 1-iyuldan keyin ham”, deyiladi izohda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Ijtimoiy karta mobil ilovasidagi 17 turdagi hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etilishi belgilangan bo‘lib, ushbu raqamli servislarning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda (ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda) va respublika hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda, davlat, korporativ hamda boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, shu jumladan, elektron ko‘rsatish, shuningdek, fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlari kabi boshqa tashkilotlarda talab etilmasligi belgilangan.
Ushbu tartib yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi ma’muriy amaliyot markazi yoki ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limlarida amal qiladi. Biroq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 135-moddasi 4-qismiga ko‘ra, YPX inspektorlariga haydovchilar transport vositasini boshqarish davomida biometrik pasport yoki ID-kartasining asl nusxasini taqdim etishlari shart.
Haydovchilar pasport yoki ID-kartasi mavjud bo‘lgan taqdirda haydovchilik guvohnomasini, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida, shuningdek, transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, sug‘urta polisini, oynalar tusini o‘zgartirish-qoraytirish uchun tegishli ruxsatnomani o‘z yonida olib yurishi talab etilmaydi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
112996
Jamiyat
95695
Jamiyat
92656
Jamiyat
76901
Jamiyat
//
Izoh yo‘q