Jamiyat
Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 6-11-iyul kunlari respublika bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Iyul oyi boshida kuzatilgan salqin ob-havodan so‘ng, ushbu haftada O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat tartibi oddiy yozgi ko‘rsatkichlarga asta-sekin qaytadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi, ammo qiymatlar iyul oyiga xos chegaralarda qoladi.
Bugun kunduzi havo +34– +37 darajagacha isiydi, keyingi kunlarda esa kunduzgi harorat +37– +40 darajaga yetadi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda harorat asosan kunduz kunlari +39– +42 darajada bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida 6–11-iyul kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Bugun va ertaga kunduzgi havo harorati +35– +38 darajada bo‘ladi, keyinchalik asta-sekin 38-40 darajagacha ko‘tariladi.
Harorat kechalari +22– +25 daraja atrofida bo‘ladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
112996
Jamiyat
95695
Jamiyat
92657
Jamiyat
76902
Jamiyat
//
Izoh yo‘q