20 dan ortiq yangi ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlandi

Saqlash
11:24 / 06.07.2026 182 0

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

Bakalavriatda yangi yo‘nalishlar:

▪️ ekologiya va atrof-muhit;

▪️ yashil iqtisodiyot;

▪️ iqlim o‘zgarishi;

▪️ qayta tiklanuvchi energiya;

▪️ suv resurslarini boshqarish;

▪️ mobil robototexnika;

▪️ uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar);

▪️ barqaror qishloq xo‘jaligi;

▪️ ekoturizm;

▪️ temir yo‘l muhandisligi.

 

Magistratura bosqichida:

▪️ xalqaro energetik siyosat;

▪️ xalqaro suv diplomatiyasi;

▪️ sirkulyar iqtisodiyot;

▪️ barqaror moliya;

▪️ rivojlanish iqtisodiyoti;

▪️ ekologiya huquqi;

▪️ xalqaro savdo huquqi;

▪️ nazariy va muhandislik fizikasi;

▪️ urbanistika;

▪️ barqaror shaharsozlik;

▪️ iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi;

▪️ barqaror turizm va boshqa zamonaviy mutaxassisliklar.

 

Endilikda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanadi. Bundan asosiy maqsad — oliy ta’limni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat.

 

Xabarga ko‘ra, klassifikatorga ham quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

▪️ 760-pozisiyadagi bakalavriat yo‘nalishi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlandi.

 

▪️ 766-pozisiyadagi magistratura mutaxassisligi “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlandi.

 

▪️ 799-pozisiya klassifikatordan chiqarildi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//