Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri, xususan, Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Sergeli va Yangihayot tumanlarining aholisini qiynab kelayotgan yana bir masala – suv tozalash inshooti atrofidagi badboʻy hid ekani taʼkidlandi. Mutasaddilarga 1-sentabrgacha oqova suv qabul qilish inshootiga zamonaviy filtrlash uskunalarini oʻrnatib, bu muammoni bartaraf etish topshirildi.
2027-yildan Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar bilan Quyi Chirchiq tumanida quvvati 300 ming kub metr boʻlgan zamonaviy suv tozalash inshooti qurilishi boshlanadi. Buning hisobidan Sergelidagi suv tozalash inshootiga yuklama keskin kamayadi.
2026-yil aholiga qulaylik yaratish maqsadida Sergelining asosiy 23 kilometr yoʻlida harakat xavfsizligi qayta koʻrib chiqilmoqda. Chorrahalarga 455 ta “aqlli” svetofor oʻrnatiladi, 150 ta avtobus bekati yangilanadi, 10 ming oʻrinli avtoturargoh tashkil etiladi.
Kelasi yil Yangi Sergeli koʻchasida avtobus uchun 5,5 kilometrlik BRT yoʻlak qurish rejalashtirilgan. Bu yoʻlak Shota Rustaveli koʻchasi bilan bogʻlanadi.
Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlarini poytaxtning boshqa hududlari bilan bogʻlaydigan Toshkent halqa yoʻlidagi yangi koʻprik qurilishini tezlashtirish zarurligi qayd etildi.
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112961
Jamiyat
95653
Jamiyat
92614
Jamiyat
76867
Jamiyat
//
Izoh yo‘q