Madaniyat
Dunyoga mashhur kashtachilar sirasiga XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida O‘zbekiston janubida, Tojikiston va Shimoliy Afg‘onistonda yashab kelgan laqay va qo‘ng‘irot urug‘ining o‘zbek ayollari ham kiradi.
Ma’lumki, qo‘ng‘irotlar hozir ham Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari aholisining salmoqli qismini tashkil etadi. Laqaylar esa XX asr boshlaridagi siyosiy tuzilmalar tazyiqi ostida Tojikiston va Afg‘onistonga ko‘chib o‘tishgan.
Ta’kidlanishicha, 1925-yildan keyin laqay va qo‘ng‘irot kashtachilik an’anasi asta-sekin susaya boshlagan. Va shuning uchun ham faqat ularning san’ati gullagan davrdagi nodir mahsullargina bizni o‘zining ekspressiv ranglar uyg‘unligi va sirli naqshlari bilan zavqlantiradi, xolos.
Laqay va qo‘ng‘irot kashtalarining eng muhim turi – xaltacha-ilgich (biror joyga osib qo‘yiladigan to‘rva) sanaladi. Ularning uch turi mavjud: taboqlov, ot-to‘rva, va uvuq-qop. Taboqlov – idishlarni saqlash yoki tashish uchun konvert shaklida to‘rtburchak yoki kvadrat to‘rvacha (tabaq – tovoq) sanalgan. Ot-to‘rva esa bayram paytida otlarning ko‘kragiga osib qo‘yiladigan to‘rva bo‘lib, u taboqlovdan ustki yopqichining yo‘qligi bilan farq qiladi (ya’ni u konvert shakliga ega emas).
_JldRTkl_1.webp)
Shuningdek, uvuq-qop – ko‘chish vaqtida otlarga ortish uchun ikki bo‘lib, to‘plab bog‘langan o‘tovlarning o‘qlarini, ya’ni sinch tayoqlarini joylashga mo‘ljallangan to‘rva hisoblanadi. Ilgichning bu turi cho‘zinchoq beshburchak shakliga ega. Shakliga ko‘ra bu kashtachilik buyumi qo‘ylarning junini qirqishga mo‘ljallangan qaychilarni saqlash uchun tayyorlangan qaychidon bo‘lgan.
Bundan tashqari, ko‘chmanchilar hayotida juda ham qadrli sanalgan oynalarni saqlash uchun mo‘ljallangan – oynaxalta, choy solib qo‘yish uchun – choyxalta, pul solib qo‘yish uchun – pulxalta va boshqa yana ko‘plab maxsus tikilgan xaltachalar mavjud bo‘lgan.
Hozirgacha olimlar “dasht” kashtachilik naqshlarining mazmunini to‘liq ochib bera olishmayapti. Ular orasida eng jumboqlilaridan biri – laqaylarning ayol gavdasiga o‘xshash o‘q qopida uchraydigan, ustida ikki tomonga tarvaqaylagan burama shox shaklidagi “qubbali (yoki gumbazli)” motiv hisoblanadi.
Ushbu motivda qadimgi turkiylarning ilohasi, homilador ayollar homiysi, tangrichilik panteonidagi asosiy siymolardan biri – Umay ona bilan bog‘liq belgilar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bachadon – Umay ismining ma’nolaridan biri, shuning uchun ham bu motivda bachadon obrazini ko‘rishimiz uchun yetarli sabablar bor.
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
112797
Jamiyat
95473
Jamiyat
92301
Jamiyat
76617
Jamiyat
//
Izoh yo‘q