Eldor Shomurodov JCh–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli gol muallifi bo‘ldi

Saqlash
09:40 / 01.07.2026 4528 0

FIFA saytida JCH-2026 guruh bosqichi davomida urilgan 12 ta gol orasidan eng chiroylisini aniqlash uchun ovoz berish jarayoni yakunlandi. Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga urgan goli eng chiroyli deb topildi.

 

Qayd etilishicha, hujumchi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan o‘yinning 10-daqiqasida jarima maydoniga oshirilgan to‘pga yetib borib, o‘tkir burchak ostida turganiga qaramay, to‘pni parashyut uslubida raqib darvozaboni ustidan oshirib tashlab hisobni ochgan edi.

 

“Santimetrigacha aniq hisoblangan va mukammal ijro etilgan bu gol O‘zbekistonning jahon chempionatidagi debyutining yorqin lahzasi bo‘ldi”, deya fikr bildirildi FIFA saytida.

 

Ovoz berish jarayonida Eldor Shomurodovning goli Lionel Messi, Kilian Mbappe va Vinisius Junior kabi yulduzlar gollaridan ustun keldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//