Madaniyat
Namanganda to‘rt kun davom etgan uchinchi xalqaro maqom san’ati anjumanining yopilish marosimi Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tantanali tarzda o‘tkazildi.
.jpg)
Birlashgan Millatlar Tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (“UNESCO”) hamda Islom olami ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (“ICESCO”) shafeligi ostida o‘tkazilgan uchinchi xalqaro maqom san’ati anjumanida dunyoning 80 dan ziyod davlatlaridan 250 ga yaqin madaniyat va san’at vakillari ishtirok etdi.
.jpg)
Qayd etish joiz, xalqaro saralash tanlovida Ozarbayjon, Pokiston, Qirg‘iz Respublikasi, Hindiston, Niderlandiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkiya, Suriya, Gruziya, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Turkmaniston, Xitoy Xalq Respublikasi, Armaniston, Eron Islom Respublikasi, Mo‘g‘uliston hamda mamlakatimizning mahoratli ijodiy jamoalari hamda yakkaxon ijrochilari sinovdan o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilarining har bir chiqishi Ozarbayjon, Fransiya, Turkiya, Serbiya, Quvayt, Kanada va O‘zbekiston vakillaridan iborat xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan ijrochilik mahorati, milliy maqom an’analarini saqlash va sahna madaniyati kabi muhim mezonlar asosida baholandi.
.jpg)
Yakuniy konsert dasturida yurtimiz maqom ustalari hamda Pokiston, Gruziya, Qozog‘iston kabi davlatlardan kelgan jamoalar o‘z chiqishlarini havola qildi.
Anjumanning bosh sovrini – Gran-pri O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Orifjon Ergashevga nasib etdi.
.jpg)
O‘zbekiston davlat simfonik orkestri Milliy cholg‘ular ansambli; ozarbayjonlik Kamila Nabiyeva va Mug‘om ansambli; ozarbayjonlik Nuraddin Tagiyev va Teymur Jabrailov; Mongoliyaning “Serendavaa Sogtgerel” ansambli faxrli birinchi o‘rinni egallashdi.
.jpg)
Qozog‘istonning “Qag‘an” etno-folklor ansambli; gruziyalik Oshiq Nargile va “Ilaloni” ansambli; turkiyalik Asude Chelebiog‘lu va Gerchek Ismail Haqqi; yaponiyalik Shimonomoto Ayumi, “Koto no Kay” ansambli va “Cspc–japan” jamoasi faxrli ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
.jpg)
Faxrli uchinchi o‘rin esa, “Yangi O‘zbekiston” maqom ansambli; Yunus Rajabiy nomidagi, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqom ansambllari; Tojikistonning Fazliddin Shahobov nomidagi davlat “Shashmaqom” ansambli; “Turkman an’anaviy xalq musiqasining klassik triosi”; Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti magistr xonandalar ansambliga nasib qildi.
.jpg)
Xalqaro tanlov g‘oliblari diplom, statuetka va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
.jpg)
Shuningdek, faol ijrochilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida, “Eng yaxshi maqom xonandasi”, “Eng yaxshi maqom sozandasi”, “Eng yaxshi maqom ustozi”, “Eng yaxshi maqom targ‘ibotchisi”, “Eng yaxshi yosh maqomchi”, “Eng yaxshi maqom bastakori” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandi.
Ilm-fan
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
112808
Jamiyat
95482
Jamiyat
92314
Jamiyat
76626
Jamiyat
//
Izoh yo‘q