Jamiyat
23-iyun kuni Toshkent metrosi yoʻlovchilarga tungi soat 01:00 ga qadar xizmat koʻrsatadi. Bu haqda metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu oʻzgarish soat 22:00 da boshlanuvchi futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasining Jahon chempionatidagi navbatdagi uchrashuvi munosabati bilan amalga oshirilgan.
Mazkur uchrashuv munosabati bilan poytaxtning turli hududlarida futbol ixlosmandlarining harakatlanishi sezilarli darajada ortishi kutilmoqda. Shu bois, yoʻlovchilar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish hamda jamoat transportining uzluksiz faoliyatini taʼminlash maqsadida metro poyezdlari harakati vaqti qoʻshimcha 1 soatga uzaytirilgan.
“Ushbu qoʻshimcha ish rejimi futbol muxlislarining uchrashuvdan soʻng oʻz manzillariga xavfsiz, qulay va tezkor yetib borishlari uchun xizmat qiladi”, – deyiladi xabarda.
Metropoliten maʼmuriyati yoʻlovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishni hamda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishni soʻragan.
Oʻzbekiston milliy jamoasi guruh bosqichidagi navbatdagi oʻyinni Portugaliyaga qarshi 23-iyun soat 22:00 da, Kongo DR bilan esa 28-iyun soat 04:30 da oʻtkazadi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
112820
Jamiyat
95494
Jamiyat
92328
Jamiyat
76637
Jamiyat
//
Izoh yo‘q