Sport
15−21-iyun kunlari Xitoyning Guyyan shahrida tashkil etilgan Jahon kubogining 2-bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza – jami 12 ta medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Erkaklar terma jamoa 3 ta oltin, 1 ta kumush 2 ta bronza medali bilan yetakchi boʻldi. Umumiy jadvalda esa mezbon Xitoy terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza bilan birinchi, 5 ta oltin, 3 ta bronza bilan Qozogʻiston ikkinchi va Oʻzbekiston esa uchinchi oʻrinni egalladi.
Gʻolib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-60 kg: Abdumalik Halokov;
-90 kg: Toʻrabek Xabibullayev;
-80 kg: Javohir Ummataliyev;
-57 kg: Nigina Oʻktamova.
Kumush medal:
-50 kg: Asilbek Jalilov;
-48 kg: Farzona Fozilova;
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva.
Bronza medal:
-85 kg: Akmaljon Isroilov;
+90 kg: Arman Maxanov;
-60 kg: Sitora Turdibekova;
-75 kg: Aziza Zokirova.

Maʼlumot uchun, World Boxing Cup 2026 – bu yangi tashkil etilgan World Boxing xalqaro boks tashkiloti tomonidan kattalar toifasidagi erkaklar va ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan nufuzli musobaqalar seriyasi. Bokschilar unda reyting ochqolarini toʻplab boradi (oltin medal uchun 150, kumushga 100, bronzaga 75 ochko beriladi).
1-bosqich 20-26-aprel kunlari Braziliyaning Foz-du-Iguasu shahrida boʻlib oʻtgan. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 4 nafar bokschi bilan qatnashib, 2 ta oltin (-48 kg Farzona Fozilova, -65 kg Navbahor Hamidova) va 1 ta bronza medalini (+90 kg Jahongir Zokirov) qoʻlga kiritgandi.
Uchinchi, final bosqich – 25-noyabrdan 2-dekabrgacha Toshkent shahrida oʻtkaziladi. Yil davomida eng koʻp reyting ochkosi toʻplagan dunyoning kuchli bokschilari bosh sovrin uchun Oʻzbekiston poytaxtida kuch sinashadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
113588
Jamiyat
96376
Jamiyat
93912
Jamiyat
77895
Jamiyat
//
Izoh yo‘q