Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida ekologiya sohasi fidoyisi Aleksandr Fedin bilan uchrashib, "Oqtepa" suv ombori hududida yaratilgan bog‘ni ko‘zdan kechirdi.
Qayd etilishicha, Fedin davlat himoyasida bo‘lib, Ekologiya qo‘mitasi tizimidagi O‘rmon agentligiga ishga olinadi. Bundan tashqari, "Oqtepa" suv ombori hududidagi, uzoq yillar davomida noyob daraxtzorga aylantirilgan, yovvoyi hayvonlar, qushlar va boshqa bioxilma-xillik obyektlari mavjud bo‘lgan yer maydonida "Dendrologiya bog‘i" tashkil etiladi.
Fedinning ko‘p yillik mehnati, tabiatni asrashga qo‘shgan hissasi hamda ijtimoiy holatini inobatga olib, uning uchun dendrologiya bog‘i hududida zarur qulayliklarga ega kichik uy-joy ham barpo qilinadi. Shu bilan birga, bog‘ xodimlariga kerakli shart-sharoitlar yaratiladi, xususan, ular kvadrosikllar bilan ta’minlanadi.
Bu haqda jurnalist Fozil Farhod bog‘ga tashrif buyurgandan so‘ng ma’lum qilgandi.

Aleksandr Fedin o‘zi kim?
Aleksandr Fedin 40 yil umrini respublikaning eng janubiy qismida deyarli imkonsiz issiq, quruq, tinimsiz afgʻon shamollaridan aziyat chekib, ekilgan daraxtlar tezda qurib qoladigan hududda 100 gektar maydonni oʻz qoʻli bilan yashillashtirgan qahramon sanaladi. U Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Oqtepa suv ombori atrofini yillar davomida oʻrmonga aylantirgan.
Avvalroq jurnalist Fozil Farhod Aleksandr Fedinni koʻrishga borgani, ammo oʻrmon undan olib qoʻyilib, oʻzi viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasida qolayotgani haqida xabar berib, jamoatchilikni bu holatga eʼtibor qaratishga chaqirgan edi.
Ilm-fan
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
112808
Jamiyat
95482
Jamiyat
92314
Jamiyat
76626
Jamiyat
//
Izoh yo‘q