Poytaxt aholisi va mehmonlari favqulodda vaziyatlardan ogohlikka chaqirildi

Saqlash
17:50 / 19.06.2026 161 0

Ayni damda Toshkent shahrida kuchli shamol va yog’ingarchilik kuzatilmoqda. Poytaxt hokimligi ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi mumkinligidan ogohlantirdi.

Xabarda quyidagilarga alohida e’tibor berish so‘ralgan:

 

• avtomobilni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslik;
• shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lish;
• har kim o‘zini, yaqinlarini va shaxsiy mulkini asrashi zarurligi eslatib o‘tilgan.

 

Shuningdek, shahar hokimligi tegishli xizmatlar to'liq shay holatda ishlayotganini qayd etib, Favqulodda vaziyatlar yuz berganda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishni so'ragan: 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//