Jamiyat
Raqobat qoʻmitasi 8 ta respublika va hududiy ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga narxlarni maqbullashtirish boʻyicha koʻrsatma berdi.
Xabarga koʻra, 2026-yil aprel oyidan boshlab Raqobat qoʻmitasi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar narxlarining adolatli shakllantirilganligini oʻrganish ishlari olib bormoqda.
2026-yilning may oyiga qadar 8 ta respublika va hududiy ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida, jumladan:
- Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Akademik Yo.X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida oʻrganishlar oʻtkazildi.
Qayd etilishicha, dastlabki natijalarga koʻra, ayrim holatlarda tariflarni shakllantirish boʻyicha belgilangan talablarga toʻliq rioya etilmagani aniqlangan. Shu munosabat bilan oʻrganish oʻtkazilgan markazlarga tariflarni amaldagi tartib va talablar asosida qayta shakllantirish hamda narxlarni maqbullashtirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Bundan tashqari, oʻrganishlar yakuni boʻyicha tibbiy xizmatlar tariflarini maqbullashtirishga qaratilgan umumlashtirilgan takliflar ishlab chiqilib, vakolatli davlat organlariga yuborilgan.
Ilm-fan
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
112808
Jamiyat
95482
Jamiyat
92314
Jamiyat
76626
Jamiyat
//
Izoh yo‘q