20—22-iyun kunlari sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin

Saqlash
12:38 / 19.06.2026 130 0

“O‘zgidromet” 20—22-iyun kunlari yomg‘ir yog‘ishi va suv to‘planishi oqibatida respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi mavjudligidan ogohlantirib, mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi fuqaro, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishini so‘radi.


Sel-suv toshqin hodisalari quyidagi hududlarda yuzaga kelishi mumkin:

 

  • Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida; Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida; Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//