Jamiyat
Jismoniy shaxslar uchun uch karra yer solig‘i bekor qilindi, avval hisoblangan summalar qayta hisob-kitob qilinadi, deb xabar berdi Soliq qo‘mitasi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1153-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. Xususan, Soliq kodeksining 483-moddasi quyidagi tahrir bilan to‘ldirilgan:
Yer uchastkalaridan hujjatsiz foydalanganlik uchun uch karrali soliq hisoblash tartibi jismoniy shaxslar uchun 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyunga qadar bekor qilindi.
Qonun bilan soliq organlari tomonidan yuqoridagi muddat uchun avval hisoblangan soliqlar qayta hisob-kitob qilinadi. Hujjatda shuningdek, quyidagi asosiy o‘zgarishlar nazarda tutilgan:
- O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish ishlarini jadallashtirish;
- vakolatli tashkilotlar mas’uliyatini oshirish;
- huquqni e’tirof etishga to‘sqinlik qiluvchi ayrim mexanizmlarni soddalashtirish;
- fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida soliq qarzdorligi tushunchasini aniqlashtirish;
- huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish;
- huquqlarni e’tirof etish uchun bir martalik to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lashni amalga oshirish tartibi va shartlarini belgilash;
- huquqlarni e’tirof etish ishlari bilan bog‘liq shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmlarini takomillashtirish.
Avvalroq tomorqasini qarovsiz qoldirganlar uch karra koʻproq soliq toʻlashi haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
112820
Jamiyat
95494
Jamiyat
92328
Jamiyat
76636
Jamiyat
//
Izoh yo‘q