BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqladi

Saqlash
17:42 / 18.06.2026 146 0

Reuters axborot agentligi xabariga ko‘ra, BAA 15 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqladi. Mamlakat bunday cheklov joriy etgan birinchi arab davlatiga aylandi.

 

Yangi qarorga ko‘ra, 15 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy akkaunt ochishi, undan foydalanishi yoki uni boshqarishi taqiqlanadi.

 

Yangi qoidalar BAAda faoliyat yurituvchi barcha ijtimoiy tarmoqlarga taalluqli bo‘lib, kompaniyalardan raqamli shaxsni tekshirish va sun’iy intellekt tizimlari orqali yoshni qat’iy aniqlash talab etiladi. Foydalanuvchi o‘z yoshini shunchaki kiritishi esa hisobga olinmaydi.

 

Hukumat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu taqiq tufayli ular kontent joylay olmaydi, izoh qoldira olmaydi, postlarni ulasha olmaydi va ommaviy guruhlarga qo‘shila olmaydi. Ushbu choralar bolalarning nomaqbul kontentga duch kelishi, xavfli onlayn muloqotlar, ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik va shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishi kabi xavotirlar sababli ishlab chiqilgan.

 

Ta’kidlanishicha, 15 va 16 yoshdagi o‘smirlarga esa ijtimoiy tarmoqlardan qo‘shimcha xavfsizlik choralari asosida foydalanishga ruxsat beriladi. Bunga yoshga mos kontent nazorati, begona shaxslar bilan muloqotni cheklash, ekranga tikilish vaqtini boshqarish hamda ota-ona nazorati funksiyalari kiradi.

 

Platformalar 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar ochgan akkauntlarni o‘chirishi, tizimni chetlab o‘tishga boʻlgan urinishlarning oldini olishi, maqsadli reklama yoki foydalanuvchi profilini yaratish uchun bolalar ma’lumotlaridan foydalanmasligi shart.

 

Platformalar yangi qoidalarga moslashish uchun 12 oy muddatga ega bo‘ladi. 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//