Ilm-fan
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi olimlari tomonidan Buxorodagi Nodir Devonbegi madrasasi peshtoqidagi tasvirlar bo‘yicha ilmiy kashfiyot qilindi. Ya’ni peshtoqdagi quyosh, humo, to‘ng‘iz tasvirlari bilan yozuv aks etgani aniqlandi.
Markaz olimlari ta’kidlashicha, bezak shu paytgacha ilmiy asosda kashf qilinmagan. Bunda tasvir bilan matn yozilgan. Humo inson obrazida, to‘ng‘iz – harom luqma, quyosh – ilohiy muhabbat ramzi. “Kimki bu oʻtkinchi dunyoda oʻz nafsini harom luqmadan tiyolsa, u ilohiy muhabbatga erishadi” degan shior yozilgan. Bu 10 ta kashfiyotning biri bo‘lib, yana 9 ta kashfiyot e’lon qilib boriladi.
Madrasa Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri Nodir Devonbegi tomonidan 1622—1623-yillar oralig‘ida bunyod etilgan. 1997-yilda UNESCOning Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
112676
Jamiyat
95344
Jamiyat
92057
Jamiyat
76445
Jamiyat
//
Izoh yo‘q