“Xalqaro hamkorlikni kuchaytirishda Islom sivilizatsiyasi markazining o‘rni beqiyos” – Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti

Saqlash
12:49 / 18.06.2026 316 0

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizda bo‘lib turgan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi hamrohligida Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

 

Prezident Frank-Valter Shtaynmayerga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va boshqa rasmiylar hamrohlik qildi.

 

Oliy martabali mehmonga xalqimiz tarixiy taraqqiyotining muhim bosqichlarini yorituvchi “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans davri”, “Ikkinchi Renessans davri”, “O‘zbekiston XX asrda” hamda “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans” bo‘limlari batafsil tanishtirildi. Ushbu ekspozisiyalarda mazkur davrlar tarixi noyob ashyolar, qo‘lyozma manbalar, fotomateriallar va zamonaviy multimedia vositalari orqali yoritilgan.

 

 

Delegatsiya vakillari Qur’oni karim zalida bo‘lib, islom olamining eng nodir yodgorliklaridan bo‘lgan qadimiy Usmon Mushafi bilan tanishdi. Ushbu noyob manba o‘zining ulkan tarixiy va madaniy ahamiyati bilan tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldiradi.

 

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer davlatlararo madaniy muloqot va ma’naviy yaqinlikni mustahkamlab, global sharoitda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishda Islom sivilizatsiyasi markazining o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//