Oʻzbekiston va Germaniya Birinchi xonimlari uchrashdi

Saqlash
11:22 / 18.06.2026 139 0

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Germaniya Birinchi xonimi Elke Byudenbenderning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Samimiy suhbatdan so‘ng davlat rahbarlarining rafiqalari Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv xabga tashrif buyurdilar.

 

Oliy martabali mehmonga xabning inklyuziv kasbiy ta’limni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, yoshlarni, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni talab yuqori bo‘lgan ko‘nikma va kasblarni egallashda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyati taqdim etildi.

 

Tashrif davomida Birinchi xonimlar xabning o‘quv ustaxonalari va loyihalari bilan tanishib, tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan muloqot qildilar.

 

Elke Byudenbender O‘zbekistonda inklyuziv jamiyatni shakllantirish, kasbiy ta’limni rivojlantirish va yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlarni yuqori baholadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//