Iqtisod
2026 yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 411,6 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 20,2 million dollarga ko‘paygan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmaning 52,4 million dollari eksport, 359,2 million dollari esa import hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ikki davlat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik ham faol davom etmoqda. 2026 yil 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokidagi 240 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning yanvar–mart oylarida Germaniyadan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar va kreditlar hajmi 205,3 million dollarni tashkil etgan.
Turizm sohasida Germaniyadan O‘zbekistonga 10 989 nafar sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, O‘zbekistondan Germaniyaga 2 981 nafar fuqaro safar qilgan.
Ta’lim yo‘nalishidagi almashinuvlar ham davom etmoqda. Hisobot davrida Germaniyadan O‘zbekistonga o‘qish maqsadida 42 nafar kelgan bo‘lsa, O‘zbekistondan Germaniyaga ta’lim olish uchun 190 nafar yosh yo‘l olgan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
112676
Jamiyat
95344
Jamiyat
92057
Jamiyat
76445
Jamiyat
//
Izoh yo‘q