Oʻzbekistondagi eng yaxshi TOP-50 muharrirlar ro‘yxati e’lon qilindi

Saqlash
15:14 / 17.06.2026 294 0

“Til va adabiyot ta’limi” jurnali O‘zbekistondagi eng yaxshi muharrirlarning 50 nafardan iborat dastlabki ro‘yxatini e’lon qildi. Nomzodlar mutaxassislarning tavsiya va fikrlari asosida saralangan bo‘lib, reytingning keyingi bosqichida ular orasidan eng kuchli 20 nafar tahrirchi aniqlanadi.

 

Ma’lum qilinishicha, ro‘yxatni shakllantirishda nomzodlarning professional mahorati, hozirgi kunda ham matn tahriri bilan faol shug‘ullanayotgani hamda sohaga qo‘shayotgan hissasi inobatga olingan. Boshqaruv, tashkilotchilik yoki audiovizual yo‘nalishda faoliyat yurituvchi muharrirlar reytingga kiritilmagan.

 

 

Endilikda sohaning yetakchi olimlari, taniqli jurnalistlar va tajribali muharrirlar ishtirokida ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi. So‘rov natijalariga ko‘ra, nomzodlar orasidan eng kuchli 20 nafar muharrir saralab olinadi.

 

Sara muharrirlarning 20 talik ro‘yxati 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida e’lon qilinadi.

 

Matbuot:
Anvar Karimov
Anvar Qulmurodov
Asliddin Alimardon
Ahmadjon Meliboyev
Azim Ro‘ziyev
Erkin A’zam
Gulchehra Umarova
Farrux Jabborbek
Hamza Abdullayev
Hasan Karvonli
Husan Karvonli
Iroda Dadajonova
Muhabbat Hamidova
Musulmon Namoz
Muhiddin Rahim
Nargiza Sotvoldiyeva
Norqobil Jalil
O‘rol Sodiq
Shahobiddin Luqmon
Shuhrat Jabborov
Sobirjon Yoqubov
Xayriddin Murod

 

Internet:
Abdug‘ani Abdurahmonov
Aziz Qarshiyev
Eldor Asanov
Elshod Salimov
Feruza Xayrullayeva
Muhrim A’zamxo‘jayev
Sanjar Said
Shuhrat Shokirjonov

 

Nashriyot:
Akmal Jumamurodov
Abdug‘afur Iskandar
Abdulla Sharopov
Barno Saidrahmon
Ma’mura Qutliyeva
Nurulloh Muhammad Raufxon
Orif Tolib
Ozod Munavvar
Orziqul Ergash
Sanjar Nazar
Xurshid Ibrohim
Xurshid Yo‘ldosh
Yorqinjon Haydar

 

Rasmiy:
Abdusamad Rahimov
Murtazo Qarshiboy
Sardor Mustafo
Shahnoza Soatova
Xayriddin Sulton
Qulman Ochil
G‘afur Shermuhammad

 

Reyting natijalari jurnal tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra shakllantiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//