Markaziy bank Oʻzbekistonning JCHdagi ilk ishtiroki sharafiga oltin va kumush tangalar chiqardi

Saqlash
11:15 / 17.06.2026 102 0

Milliy terma jamoaning 2026-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatiga tarixiy yoʻllanmasi munosabati bilan Markaziy bank maxsus esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

 

Tangalar dizaynida terma jamoaning 26 nafar futbolchisi silueti yagona “Oq boʻri” obrazida mujassam etilgan. Bu gʻoya yutuq alohida futbolchilarning emas, balki jamoaviy ruh, birdamlik va hamjihatlik natijasi ekanini ifodalaydi.

 

Cheklangan seriyada jami 100 dona oltin va 1000 dona kumush tanga zarb etilgan. Ularning savdosi 18-iyundan boshlanadi.

 

Tangalar narxi hamda sotuv manzillari haqidagi maʼlumotlar Markaziy bankning rasmiy saytida e`lon qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Kolumbiyaga qarshi bahsda toʻliq oq rangli libosda maydonga tushadi. Darvozabonimiz esa toʻq sariq rangdagi sport formasida harakat qilishi haqida xabar bergan edik.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//