Jamiyat
Prezident O‘zbekistonda xalqaro kliring kompaniyalarning faoliyatiga ham keng imkoniyatlar ochilishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish uchun suveren islom obligatsiyalari – sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi. Bular milliy korxonalarga kelgusida kamida 10 milliard dollar qo‘shimcha kapital olib kelish uchun katta turtki beradi.
Shuningdek, xususiylashtirish doirasida shu yil 6 milliard dollarlik ko‘chmas mulk, korxonalardagi davlat ulushi va yer uchastkalari auksionga chiqariladi.
Davlat rahbari mahalliy va xorijiy investorlarni bunday yangi imkoniyatlardan keng foydalanishga chorladi.
Ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish uchun bir qator ustuvor yo‘nalishlardan uchinchisi – yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirlarini kengaytirishga investitsiyalarni jalb etish.
Sanoatning barcha tarmoqlarida yangi texnologik bosqichga o‘tish va qo‘shilgan qiymatni yaratish bo‘yicha katta dasturlar boshlangan.
“Yaxshi xabardorsiz, O‘zbekiston boy tabiiy resurslar – oltin, mis, uran, volfram, gaz va boshqa noyob zaxiralarga ega. Strategik xomashyo bo‘lgan yer osti boyliklarimizning umumiy qiymati 3 trillion dollar deb baholanmoqda”, – dedi Prezident.
Mazkur sohadagi imkoniyatlarni xorijiy investorlarga taqdim etish maqsadida ochiq raqamli geologiya ma’lumotlar bazasi yaratiladi, auksionga qo‘yiladigan konlar 4 karra ko‘paytiriladi, “qazib olishdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun Toshkent va Samarqandda barpo etilayotgan “Kelajak metallari” texnoparklariga xorijiy sarmoya keng jalb qilinadi.
Mashinasozlik, robototexnika, yengil sanoat, qurilish materiallari, elektrotexnika, farmatsevtika kabi “drayver” tarmoqlarda ham 20 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish taklif qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
112676
Jamiyat
95344
Jamiyat
92057
Jamiyat
76445
Jamiyat
//
Izoh yo‘q