O‘zbekiston BMTning Mediatsiya to‘g‘risidagi Singapur konvensiyasiga qo‘shilish niyatida

Saqlash
10:34 / 17.06.2026 112 0

Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan maxsus tartib-tamoyil joriy etiladi, mustaqil Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil qilinadi. Unda nufuzli xorijiy sudyalar va xalqaro ekspertlar faoliyat yuritadi. Bu haqda Prezident Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisidagi nutqida qayd etdi.

Shu bilan birga, investitsion mediatsiya tizimi ham rivojlantiriladi.

Bu borada O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mediatsiya to‘g‘risidagi Singapur konvensiyasiga qo‘shilish niyatida ekani qayd etildi. Ushbu choralar natijasida investorlar O‘zbekistonning o‘zida kafolatlangan xalqaro huquqiy himoyaga ega bo‘ladi.

Prezident barchani bunday shart-sharoitlardan, shakllanayotgan yangi ekotizim imkoniyatlaridan unumli foydalanishga chaqirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//