Oʻzbekiston JCHdagi ilk uchrashuv — Kolumbiyaga qarshi oʻyinda toʻliq oq formada maydonga tushadi

Saqlash
09:32 / 17.06.2026 169 0

Ertaga Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi oʻtkazadi. Tarixiy bahs oldidan FIFA vakillari va jamoalar rasmiylari ishtirokida texnik yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

 

Unda uchrashuvni tashkil etish, reglament talablari hamda oʻyinga oid boshqa masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berildi.

 

Yigʻilish davomida jamoalarning oʻyin liboslari ham tasdiqlandi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Kolumbiyaga qarshi bahsda toʻliq oq rangli libosda maydonga tushadi. Darvozabonimiz esa toʻq sariq rangdagi sport formasida harakat qiladi.

 

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Kolumbiya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv ertaga 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da Mexiko shahridagi “Mexico City” stadionida boshlanadi. Mazkur bahs milliy terma jamoamiz uchun Jahon chempionatlari tarixidagi ilk oʻyin sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//