Sport
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida o‘rnatiladigan katta ekranlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi.
Maxsus tomosha quyidagi manzillarda namoyish etiladi:
Bektemir tumani — Rohat mahallasi
Mirobod tumani — “Furqat” bog‘i
Mirzo Ulug‘bek tumani — “Central Park” istirohat bog‘i
Olmazor tumani — “G‘alaba bog‘i”
Sergeli tumani — Markaziy xiyobon
Uchtepa tumani — “Seul Eko park”
Chilonzor tumani — “G‘afur G‘ulom” bog‘i
Shayxontohur tumani — “Anhor-Lokomotiv” bog‘i
Yunusobod tumani — Yunusobod sport majmuasi
Yakkasaroy tumani — “Do‘stlik” bog‘i
Yangihayot tumani — INDEX park
Yashnobod tumani — “Ashxobod” sayilgohi
Eng yirik tomosha maydoni “Bunyodkor” stadioni hududida tashkil etiladi — bu yerda 10 ming nafar muxlis birgalikda milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari Toshkent vaqti bilan:
O‘zbekiston — Kolumbiya
18-iyun | 07:00
Portugaliya — O‘zbekiston
23-iyun | 22:00
DR Kongo — O‘zbekiston
28-iyun | 04:30
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
113636
Jamiyat
96443
Jamiyat
94008
Jamiyat
77969
Jamiyat
//
Izoh yo‘q