Tibbiyot tashkilotlari boʻylab “sirli mijoz” tadbirlariga start berildi

Saqlash
16:12 / 12.06.2026 366 0

Oʻzbekistondagi tibbiyot tashkilotlarida audio yoki videokuzatuv moslamalaridan yashirin foydalangan holda “Sirli mijoz” tadbiri oʻtkaziladi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi.


Isteʼmolchilar xususiy yoki davlat tibbiyot tashkilotlariga tashrif buyurganda klinik protokollardan chetga chiqib boshqa diagnostik apparatlarda qoʻshimcha tekshiruvlarni oʻtkazish, shifokor bilan kelishilgan joylarda kerak boʻlmagan tekshiruvlar yoki tahlillarni (analizlarni) topshirtirish, aynan ushbu kasallik uchun kerak boʻlmagan dori yoki BFQlarni qoʻshimcha ravishda buyurish holatlari boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda eʼtirozlar koʻplab uchramoqda.

 

Qoʻmitada shu kabi holatlar yuzasidan shikoyatlar 2025-yil mos davrida 53 tani tashkil etgan boʻlsa, 2026-yil oʻtgan davrida 2,3 barobarga ortib, 127 tani tashkil etgan.


Tibbiyot sohasida shunday holatlarni oldini olish, profilaktika qilish uchun Raqobat qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan kelishuv memorandumi imzolandi. Bunda, vazirlik klinik protokollarga amal qilinganligi yoki chetga chiqilganligi boʻyicha tegishli xulosa beradi.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2025-yildagi 667-son qarori tasdiqlangan bilan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayinlash, realizatsiya qilish hamda tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyatini nazorat qilishda “sirli mijoz” tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom talablari doirasida tadbirlar oʻtkazish belgilangan.

 

Raqobat qoʻmitasi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha tibbiyot tashkilotlari isteʼmolchilarga ortiqcha ovoragarchiliklarsiz belgilangan tartibda xizmat koʻrsatib, toʻgʻri va tushunarli maʼlumot taqdim etishlarini soʻrab, “Sirli mijoz” tadbirlarini oʻtkazishga start berilganligi maʼlum qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//