Jamiyat
“O‘zgidromet” dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Prognozlarga ko‘ra, juma kuni O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 33-36 daraja atrofida bo‘ladi. Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizi hududidan nisbatan nam havo kirib kelishi boshlanadi.
13-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 14-iyunda kechasi va ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Navoiy, Buxoro viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Dam olish kunlari havo harorati 36-38 darajagacha, cho‘l hududlarda 40 darajagacha, eng chekka janubda 42 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Avvalroq 13—15-iyun kunlari ehtimoliy sel-suv toshqini e’lon qilingan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
112676
Jamiyat
95344
Jamiyat
92057
Jamiyat
76445
Jamiyat
//
Izoh yo‘q