Oʻzgidromet 13-15-iyun kunlari ehtimoliy sel xavfidan ogohlantirdi

Saqlash
10:11 / 12.06.2026 167 0

Oʻzgidromet 13-15-iyun kunlari respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli borligi, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

 

Unga ko‘ra, mazkur sanalarda kutilayotgan yomg‘irlar sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:


- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Shu sababli, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//