Jamiyat
Hukumatning “Samarqand viloyati hududlarini kompleks rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–219-son, 10.06.2026-y.) qabul qilindi.
Unga koʻra, 2026-yil 1-avgustgacha Oqdaryo tumanida 100 gektar yer maydonida mini-tuganak ekilib, olingan 4 ming tonna super-super elita kartoshka urugʻi belgilangan tartibda dehqonlarga bepul tarqatiladi.
Bulungʻur tumanida Xitoy Xalq Respublikasidagi hamkorlar bilan birgalikda qiymati 50 mln AQSH dollariga teng boʻlgan yiliga 100 ming bosh ishlab chiqarish quvvatiga ega naslchilik korxonasi ishga tushiriladi.
Oqdaryo, Qoʻshrabot va Samarqand tumanlarida niderlandiyalik investorlar bilan hamkorlikda 20 mln AQSH dollari qiymatidagi yillik ishlab chiqarish quvvati 800 ming dona naslli joʻja yoʻnalishidagi korxona faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Paxtachi tumanining suv taʼminoti ogʻir boʻlgan “Qirguli” MFY hududidagi 28,6 gektar yer maydonida tomchilatib sugʻorish tizimi asosida pista va bodomzor plantatsiyasi tashkil etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
112676
Jamiyat
95344
Jamiyat
92057
Jamiyat
76445
Jamiyat
//
Izoh yo‘q