5 mln nafardan ortiq kuzatuvchiga ega xorijiy bloger Oʻzbekistonda 7 kun bepul sayohat qiladi

Saqlash
09:33 / 12.06.2026 176 0

Mamlakatning diqqatga sazovor nuqtalarini dunyoga tanitish maqsadida hukumatning Tegishli Qaroriga binoan, 2026-yil 1-iyundan har yilning iyun–avgust oylarida “Ochiq turizm mavsumi” dasturi eʼlon qilinadi.

 

Dastur doirasida doirasida:


- xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga yangi reyslarni tashkil etgan xorijiy va mahalliy aviatashuvchilarga xarajatlarning bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi va har bir jalb qilingan xorijiy turist uchun 100 AQSH dollari miqdorida subsidiya toʻlanadi;
- Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan turoperatorlar tomonidan salohiyatli xorijiy davlatlardan jalb qilingan har 1 000 nafar xorijiy turist uchun ularga 5 ming AQSH dollari miqdorida subsidiya ajratiladi;
- turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari boʻyicha QQSning 50 foizi keshbek tarzida qaytariladi.

 

Shuningdek, har biri ijtimoiy tarmoqlarda 5 mln nafardan ortiq kuzatuvchiga ega 50 nafar xorijiy blogerga Oʻzbekistonga kelishi uchun 7 kunlik bepul turistik dasturlar taqdim etiladi.

 

Dunyodagi yirik onlayn sayyohlik platformalarida Oʻzbekistonga sayohat targʻiboti bilan bogʻliq xarajatlar qoplab beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//