Jamiyat
Koreya Respublikasida Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mas’ullari hamda Hyundai Rotem kompaniyasi prezidenti Lee Yong Bae o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikning joriy holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etishdi.
.jpg)
Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchun ishlab chiqarilayotgan “Jaloliddin Manguberdi” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdni yetkazib berish loyihasining belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan ma’lumot almashildi.
Shuningdek, “Toshkent – Andijon” va “Toshkent – Termiz” yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini tashkil etish maqsadida 8 ta zamonaviy yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni yetkazib berish loyihasi yuzasidan texnik shartlarni yakuniy kelishish bilan bog‘liq masalalar batafsil muhokama etildi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish hamda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
112676
Jamiyat
95344
Jamiyat
92057
Jamiyat
76445
Jamiyat
//
Izoh yo‘q