Kadastr agentligi rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi

Saqlash
12:52 / 11.06.2026 271 0

Bugun Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligida Kadastr agentligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.

 

Prezidentning tegishli qarori bilan Turdiyev Sadriddin Abdullayevich Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

 

Sadriddin Turdiyev shu paytga qadar prokuratura organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 

Shuningdek, Prezident Administratsiya rahbarining farmoyishi bilan:


Fayzullayev Murat Muxtarovich Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;


Xafizov Alisher Abduazizovich Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga;


Mirmaksudov Mirsaid Sadikovich Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga;


Abdullayev To‘lqin Mansurovich Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga;


Abdushukr Hamidovich Abdullayev Kadastr agentligi direktori maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

 

Yig‘ilishda Kadastr tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, bugungi vaziyat va oldinda turgan asosiy vazifalar ham tahlil qilindi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//