Jamiyat
Sergeli tumani Qorasuv kanalida oqib ketayotgan o‘smir qiz temiryo‘l xodimi tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
.jpg)
Qayd etilishicha, hodisa 9-iyun kuni “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali Toshkent temir yo‘l masofasi korxonasining temir yo‘l sozlovchisi A’zam Ibrohimov xizmat vazifasini bajarayotgan paytda sodir bo‘lgan.
.jpg)
U Sergeli tumani hududidan o‘tuvchi Qorasuv kanali yaqinida ish olib borayotgan vaqtida yordam so‘rab chaqirayotgan ikki nafar qizni payqab qolgan. Shundan so‘ng temiryo‘lchi zudlik bilan kanalga tushib, kuchli oqim ta’sirida xavfli vaziyatga tushib qolgan qizlardan birini qutqarib qolgan.
.jpg)
Ma’lum qilinishicha, A’zam Ibrohimovning jasorati va fidokorona harakati “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan munosib baholanib, unga tashakkurnoma, esdalik sovg‘asi hamda pul mukofoti topshirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
112676
Jamiyat
95344
Jamiyat
92057
Jamiyat
76445
Jamiyat
//
Izoh yo‘q