Jamiyat
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “Muzeylararo 90 kun” ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar loyihasiga start berildi.
Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimiz aholisi, mahalla faollari, yoshlar, o‘quvchilar, talabalar hamda pedagoglarning milliy tarix, ajdodlar merosi, Vatan himoyachilari xotirasi va mustaqillik davri yutuqlari haqidagi bilimlarini oshirish, ularning ma’naviy dunyoqarashi va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat.
Ekskursiya manzillari:
– Temuriylar tarixi davlat muzeyi;
– Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasi;
– G‘alaba bog‘i;
– O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi.
.jpg)
“Muzeylararo 90 kun” ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar loyihasida 90 kun davomida qariyb 150 ming nafar fuqaro qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Loyiha 10-iyundan 31-avgustga qadar davom etib, unda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 868 ta mahalladan 72 450 nafar mahalla aholisi, 61 400 nafar maktab o‘quvchilari, 1 250 nafar oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tyutorlari va talabalari hamda 6 000 nafar kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari qamrab olinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
112676
Jamiyat
95344
Jamiyat
92057
Jamiyat
76445
Jamiyat
//
Izoh yo‘q