Jamiyat
Yoʻl harakatini tashkil etish markazi Toshkent shahrida jamoat transporti bekatlarini modernizatsiya qilish va ularning qiymati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, yangi bekatlar oddiy metall konstruksiyadan iborat emas. Loyiha doirasida hududni tayyorlash, kutish maydonlarini kengaytirish, yangi perronlar qurish, piyodalar yoʻlaklarini tartibga keltirish, muhandislik va montaj ishlarini bajarish hamda zamonaviy raqamli tizimlarni joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yangi bekatlar 24 soat ishlovchi videokuzatuv kameralari, SOS tugmalari, avtobuslar harakati aks etadigan LED ekranlar, mobil qurilmalarni quvvatlash stansiyalari, vending apparatlari va boshqa qulayliklar bilan jihozlanadi.
Shuningdek, videokuzatuv tizimlari markazlashtirilgan monitoring tarmogʻiga ulanadi, favqulodda aloqa tugmalari esa dispetcherlik xizmatlari bilan integratsiya qilinadi. Bu yoʻlovchilar xavfsizligi va qulayligini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
YHTEMga koʻra, zamonaviy bekatlar qiymatini oddiy pavilyon narxi bilan taqqoslash toʻgʻri emas. Chunki loyiha infratuzilmaviy, muhandislik, texnologik va servis yechimlarining toʻliq majmuasini qamrab oladi.
Qayd etilishicha, bekatlarni modernizatsiya qilish ishlari davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda va buning uchun byudjet mablagʻlari sarflanmaydi. Xususiy investorlar kiritilgan mablagʻlarni reklama ekranlari, vending apparatlari va boshqa servis xizmatlari orqali qoplaydi.
YHTEM bunday yondashuv shahar byudjetiga qoʻshimcha yuk tushirmasdan zamonaviy va xavfsiz bekat infratuzilmasini yaratish imkonini berishini maʼlum qildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112462
Jamiyat
95127
Jamiyat
91389
Jamiyat
76049
Jamiyat
//
Izoh yo‘q