Harbiy xizmatga chaqiruvda yangi tartib o‘rnatiladi

Saqlash
17:43 / 09.06.2026 69 0

Oʻzbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv tizimini raqamlashtirish va soddalashtirish boʻyicha yangi tartib joriy etiladi.

 

Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedovning maʼlum qilishicha, 16 yoshga toʻlgan va ID-karta olgan oʻgʻil bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Ichki ishlar vazirligining axborot tizimidan olinib, ular avtomatik ravishda harbiy hisobga qoʻyiladi.

 

Shuningdek, mudofaa ishlari boʻlimlarida tibbiy komissiyadan oʻtish tartibini bekor qilish ham rejalashtirilgan. Unga koʻra, chaqiruv yoshidagi fuqarolarning tibbiy koʻriklari tuman va shahar markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarida oʻtkaziladi.

 

Qayd etilishicha, mazkur oʻzgarishlar harbiy hisob va chaqiruv jarayonlarini yanada qulaylashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish hamda tizimni toʻliq raqamlashtirishga xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//