Jamiyat
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Germaniyadagi ilmiy safari davomida Berlin shahridagi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi arxivida Oʻzbekiston tarixiga oid qator muhim hujjatlarni aniqladi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, topilgan materiallar orasida oʻtgan asrning 20-yillarida yurtimizdan Germaniya oliy taʼlim muassasalariga yuborilgan talaba yoshlar, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan madaniy komissiya faoliyati hamda Buxoro Xalq Shoʻrolar Jumhuriyati tarixiga oid hujjatlar mavjud.
Shuningdek, arxiv fondlaridan oʻz davrining faol ziyolilaridan biri Xayriniso Majidxonovaga tegishli manbalar ham oʻrin olgan.

Mutaxassislar ushbu hujjatlar Turkiston tarixining kam oʻrganilgan sahifalarini tadqiq etish va Germaniyada tahsil olgan oʻzbek yoshlarining faoliyatini chuqurroq yoritishda muhim manba boʻlib xizmat qilishini taʼkidlamoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
112676
Jamiyat
95344
Jamiyat
92057
Jamiyat
76445
Jamiyat
//
Izoh yo‘q