Jamiyat
Oʻzbekistonda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1-sinfiga qabul jarayonlari 20-iyundan start oladi. Joriy yilda mamlakat boʻylab 795 mingdan ortiq bolani 1-sinfga qabul qilish rejalashtirilgan. Bu haqda maktabgacha va maktab ta»limi vazirgi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlum qilishicha, qabul jarayonlari bu yil ham ikki bosqichda tashkil etiladi.
Birinchi bosqich 20-iyundan 31-iyulgacha davom etadi. Ushbu davrda arizalar bolalarning yashash manzili biriktirilgan mikrohudud doirasidagi maktablarga qabul qilinadi.
Shundan soʻng mikrohududdan tashqari qabul jarayonlari boshlanadi. Ikkinchi bosqichda oʻquvchilarni maktablarga joylashtirish mavjud boʻsh oʻrinlar hamda taʼlim muassasalarining imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Vazirlik eslatishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq bolalar 7 yoshga toʻladigan yilda 1-sinfga qabul qilinadi. Shu sababli 2026/2027-oʻquv yili uchun 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar 2019-yil 31-dekabrga qadar tugʻilgan boʻlishi kerak.
6 yoshli bolalar uchun esa majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari faoliyat yuritadi.
Qayd etilishicha, maktablarga onlayn qabul jarayonlari 2022-yil 1-iyundagi 295-son hukumat qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglament asosida amalga oshiriladi.
Masʼullar ota-onalarga qabul kampaniyasi boshlanishidan oldin zarur hujjatlarni tayyorlab qoʻyish hamda rasmiy axborot manbalarini muntazam kuzatib borishni tavsiya qilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
112676
Jamiyat
95344
Jamiyat
92057
Jamiyat
76445
Jamiyat
//
Izoh yo‘q